Qirg‘izistonlik etnik o‘zbeklar Mirziyoyevga ochiq xat yo‘llashdi

© Otkritaya Aziya onlaynFutbolka s nadpisyu "Kirgizstan"
Futbolka s nadpisyu Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochiq xatda chegaralardan o‘tish rejimining kuchaytirilishi ma’naviyat yo‘nalishiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazayotgani, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga darslik va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar olib o‘tish imkoniyati yo‘qligi bildirilgan

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Jalolobod shahridagi "Begoyim" jamoatchilik yoshlar adabiy fondi a’zolari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat orqali murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".

Oshskiy uzbekskiy akademicheskiy muzikalno-dramaticheskiy teatr imeni Babura - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston O‘sh teatriga 30 ming dollarlik libos va dekoratsiyalar taqdim qildi

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xatda qirg‘izistonlik o‘zbeklar O‘zbekistonning gullab-yashnayotganidan faxrlanishlarini, tub ildizlari O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, undan ayro yashash mumkin emasligini bilishlari aytilgan.

Ochiq xatda chegaralardan o‘tish rejimining kuchaytirilishi ma’naviyat yo‘nalishiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazayotgani, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga darslik va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar olib o‘tish imkoniyati yo‘qligi bildirilgan.

Murojaatda fond tevaragida yig‘ilgan iste’dodli bolalar va o‘smirlar, yosh yigit va qizlarni yoz mavsumida O‘zbekiston qadamjolari bo‘ylab sayohatlarga olib chiqish, O‘zbekistondagi turli tanlovlarda ishtirok etishlari, kitoblarini chop ettirish, O‘zbekistondagi mavjud oliygohlarning budjet bo‘limiga kirib o‘qishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0