TOShKENT, 18 avg — Sputnik. GM Uzbekistan o‘zining Facebook sahifasida rasmiy servis markazlari haqida ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, har bir avtomobil o‘z vaqtida texnik xizmatdan o‘tkazib turilishi kerak. O‘zbekistonning barcha hududlaridagi GM Uzbekistan rasmiy servis markazlarida diagnostika, ta’mirlash va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakali xizmatlardan foydalanish mumkin.
GM Uzbekistan servis markazlari manzillarini quyidagi havola orqali topish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/servisnye-centry.html
GM Uzbekistan respublikaning har bir viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan serviz markazlar haqida interaktiv xarita keltirib o‘tgan. Xususan, Toshkent shahrida — 10 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Samarqand viloyatida — 4 ta rasmiy servis markazlari mavjud.