TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Vashhur silikon vodiysining o‘zbekcha varianti — Mirzo Ulugbek Innovation Center – axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash innovatsiyalar markazi ushbu haftada ishga tushadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Uzinfocom vakili.
Mirzo ulug‘bek nomidagi innovatsiyalar markazining asosiy vazifasi – axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlarni hamda dastur ishlab iqaruvchilarni birlashtirishdir. Yangi markaz Respublika ichida eksterritorial prinsipda tashkil qilingan, ya’ni O‘zbekistonning istalgan hududida joylashgan IT-korxonalar innovatsiyalar markazi rezidentiga aylanishi mumkin.
“Markazning rasmiy ishga tushish kuni etib 25-avgust belgilangan. Uning dastlabki ishlash muddati 10-yilga mo‘ljallangan. Keyinchalik uzaytirish imkoniyati bor. Markaz rezidentlariga katta imtiyozlar berilgan. Xususan, ular 2028-yilning 1-yanvariga qadar har qanday soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan”, — dedi suhbatdosh.
Innovatsiyalar markazi ishchilari maoshlari 2028-yilning 1-yanvariga qadar 7,5 % soliq solinadi, hamda budjetdan tashqari pensiya fondiga 4,5% soliq to‘lashadi.
Mirzo ulug‘bek nomidagi innovatsiyalar markazini qo‘llab-quvvatlash uchun, bugungi kunda, davlat organlari, ilmiy va ma’rifiy muassalalar faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus kengash ham tashkil qilingan.