TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Italiyaning Kazerta shahrida "Sharq taronalari" xalqaro festivali va Buxoro, Samarqand hamda Xiva shaharlarining turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
10 Avgust 2017, 18:16
O‘zbekiston delegatsiyasi italiyaliklarga "Samarqand siti", "Qadimiy Buxoro", "Ichon Qal’a" kabi maxsus turistik hududlar haqida hikoya qilib berishdi.
Tadbir ishtirokchilari shuningdek, Toshkentda shu yilning 3-5 oktabr kunlari xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tishidan ham xabardor bo‘lishdi.
XI "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali 25-30 avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 56 mamlakatidan 250 nafar san’atkor ishtirok etadi.