Brijit Makron o‘zini "birinchi xonim" his qilmayotganligini ma’lum qildi

© Michel Euler / POOL / AFPPrezident Fransii Emmanuel Makron i yego jena Brijitt Makron
Prezident Fransii Emmanuel Makron i yego jena Brijitt Makron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin prezident Emmanuel Makronning "birinchi xonimning nizomi"ni joriy etish bo‘yicha maxsus taklifi e’lon qilingan edi

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron Elle jurnaliga bergan birinchi intervyusida o‘zini "na birinchi, na oxirgi, na ayol" sifatida his qilmayotganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Issiqlik stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya kompaniyasi Sirdaryoda yangi IES quradi

"Men o‘zimni birinchi ayol sifatida his qilmayapman. Bu amerikalik "birinchi ledi" so‘z birikmasidan olingan ko‘chirmaning tarjimasi menga yoqmaydi. Men har gal bu iborani eshitganimda orqamga qaramoqchi bo‘laman — kim haqida gapirishapti? deb. Men o‘zimni na birinchi, na oxirgi, na ayol sifatida his qilmayapman. Men — Brijit Makron" — deb ta’kidladi Brijit.

Sal oldin prezident Emmanuel Makronning "birinchi xonimning nizomi" joriy etish bo‘yicha maxsus taklifi e’lon qilingan edi. Yangi hujjatda davlat ishlarida prezident rafiqasining rasmiy o‘rnini sezilarli aniqlashtirish ko‘zda tutilgan edi. Jumladan, ushbu hujjatda davlat rahbari rafiqasi harajatlari uchun davlat hisobidan mablag‘ ajratish qaydetilgan.

Makronning taklifi Fransiya aholisining jiddiy tanqidiga uchradi. Ular bu taklifni bekor qilish bo‘yicha imzo to‘plash jarayonini boshlab yuborishgan edi. Petitsiyani avgust boshida 280 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng, Yelisey saroyi "birinchi xonim nizomi"ni joriy etish fikridan voz kechdi. Uning o‘rniga boshqa "shaffoflik hujjati"ni nashr etishi haqida va’da berildi.

Prezident Makronning rafiqasi rolini tavsiflaydigan hujjat avgust yakunida yoki sentabr boshida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0