TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi mahalliy brendlardan biri Andijon shahridagi filialida uzunligi 17 metrli lavash (shourma) tayyorladi.
Buning uchun 10 kilo go‘sht, 10 litr sous, 8 kilo pomidor, 6 kilo bodring va boshqa kerakli masalliqlar sarflandi. Eng qizig‘i, shourma uzunligi 17,5 metrli butun lavashdan tayyorlandi.
© Press-slujba EVOSAndijonda 17 metrli lavash tayyorlandi
Andijonda 17 metrli lavash tayyorlandi
© Press-slujba EVOS
Ushbu pishiriqni tayyorlash uchun 35 nafar oshpaz ter to‘kishdi.
Uni tayyorlash jarayonini kuzatgan mehmonlar 17 metrli lavashni totib ham ko‘rishdi.
Tashkilotchilarning aytishlaricha, bugun va ertaga Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida ham ana shunday tadbirlar bo‘lib o‘tadi.