Xorijlik mutaxassislar O‘zbekiston pedagog kadrlariga trenerlik kurslarini o‘tishmoqda

Xorijlik mutaxassislar pedagog kadrlarni mahoratini oshirmoqda
Xorijlik mutaxassislar pedagog kadrlarni mahoratini oshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trenerlik kurslarining asosiy maqsadi - oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va zamonaviy yondoshuvlar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish borasidagi kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 2017 yil 14-avgustidan boshlab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda trenerlik kurslari tashkil etilmoqda.

Gongkong - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuboradi
Trenerlik kurslarining asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini oshirish, pedagogik texnologiyalar, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy yondoshuvlar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish borasidagi kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Jumladan, 2017-yil 16-avgust kuni Janubiy Koreyaning Donguk universiteti professorlari Byun Jeong Yong va Peom Park lar ishtirokida Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha ma’ruza-munozara bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, shu bilan birga, xorijiy mutaxassislar bilan mamlakatimizdagi ta’lim sifatini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi borasidagi mavjud ish tajribalari bilan ham o‘rtoqlashildi.

Xorijlik mutaxassislar O‘zbekiston pedagoglari mahoratini oshirmoqda
Xorijlik mutaxassislar O‘zbekiston pedagoglari mahoratini oshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Xorijlik mutaxassislar O‘zbekiston pedagoglari mahoratini oshirmoqda

Yangiliklar lentasi
0