Mirziyoyev “O‘zsanoateksport” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

© use.uzOfis kompanii "Uzsanoateksport"
Ofis kompanii Uzsanoateksport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari "O‘zsanoateksport" faoliyati samaradorligini oshirish va iqtisodiy tarmoqlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish to‘g‘risida qarorni imzoladi

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni "O‘zsanoateksport" AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident rasmiy veb-sayti xabar qildi.

Interyer moskovskogo restorana PLOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mevalari Rossiyaning eng qimmat restoranlari menyusidan o‘rin oladi

Yangi qaror talablariga ko‘ra, endi kompaniyaga "O‘zsanoateksport" AJning xorijdagi savdo uylariga un va bug‘doy mahsulotlarini konsignatsiya shartlarida tasdiqlangan oziq-ovqat bug‘doy balansida bo‘lgan meyorlarda yetkazib berish huquqi berildi.

Shuningdek, kompaniya "O‘zsanoateksport" AJ tomonidan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimida olib kirilgan xom-ashyo va materiallarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni dunyo bozorlariga olib chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, "O‘zsanoateksport" AJ tomonidan tashqi savdo operatsiyalarni amalga oshirishda tushumlari tushish muddati yoki eksport operatsiyalar bo‘yicha qayta olib chiqish muddati tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qilingan kunidan 90 kundan oshmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0