"Malibu"ni kilosi necha pul: facebook ahli antiqa topilmani muhokama qilmoqda

© Novosti UzbekistanaGM Uzbekistan avtomobillari
GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda GM Uzbekistan avtomobillari ko‘rinishida ishlab chiqarilayotgan pechenyelar suratlari paydo bo‘lgach, facebook foydalanuvchilari bu g‘aroyib topilmani qizg‘in muhokama qilishga kirishdilar

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining "Voditeli Tashkenta" guruhida O‘zavtoprom mahsulotlari ko‘rinishidagi shirinliklar surati paydo bo‘ldi.

E’tiborlisi, har pechenyelar GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan mashinalar ko‘rinishida bo‘lib, har bitta "avtomobil" ustiga uning nomi ham yozib qo‘yilgan.

© Foto iz FeysbukaPechenye v vide produksii JM Uzbekistan
Pechenye v vide produksii JM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Pechenye v vide produksii JM Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri ushbu "g‘aroyib" topilmani suratga olgan va internetga joylagan. Foydalanuvchilar esa darhol qizg‘in muhokamaga kirishib ketdilar.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan sotuvga qo‘yilgan avtomobillar sonini ma’lum qildi
"Malibuni kilosi necha pul ekan", — deb hazilnamo savol bergan foydalanuvchilardan biri.

"cobOlt" emas "cobAlt" bo‘ladi, deya pechenye ixtirochilari xatosini to‘g‘irlagan yana biri. Izohlar orasida shuningdek, "Avtoprom ishini topibdi", "Endi shu yo‘l bilan bizga mashinalarni o‘tkazishmoqchi bo‘lishaptimi", degan kesatiqlarni ham uchratish mumkin.

"Pechenyelar hech qurmasa "shapkasiz" bo‘lsa kerak", — degan yana bir foydalanuvchi.

"Hozirgi narxlar bilan faqat shu ko‘rinishdagi mashinalarga ega bo‘lolamiz", — deya avtomobillar narxlaridan noroziligini bildirgan yana bir foydalanuvchi.

Quvonch Bek nikli foydalanuvchi esa Feysbuk ahlini jiddiylashmaslikka chaqirib, antiqa topilmani ixtiro qilgan tadbirkorga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

"Buncha jiddiylashasizlar, bolajonlar uchun bu qanday yaxshi: "Mening ikkita "Spark"im bor, bittasini hozir yeyman. Seni "Kobolt"ing qani? Anu "Matiz"ini choyda eritvordi…" Ehhh, bu bolalarga qancha zavq ulashadi. Kattalar kattalarcha fikrlaydi biribir, o‘sha stanokni dasturlagan tadbirkorning otasiga rahmat. Faqat imlo xatolarni tuzatsa bo‘ldi", — deb yozgan foydalanuvchi.

Yangiliklar lentasi
0