TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Joriy yilning 1-avgustidan "Samarqand" xalqaro aeroporti ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun ochildi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, bugun "Samarqand" xalqaro aeroporti Rossiya Federatsiyasining "UTair" aviakompaniyasi samolyotlarini qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Samarqand" aeroporti faoliyati 2017-yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar, sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagi hududini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli to‘xtatilgan edi.