Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi Ostona shahriga ko‘chib o‘tadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almati shahridagi hozirgi diplomatik missiya o‘rnida Bosh konsulxona ochiladi

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Ostona shahrida O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi quriladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonni o‘z milliy eksport strategiyasiga kiritdi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 15-avgust kuni Ostona shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikram Niyazxodjayev boshchiligidagi TIV delegatsiyasi qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Galimjan Koyshibayev, TIV mas’ul kotibi Anarbek Karashev bilan muzokaralar davomida davlatimiz rahbariyati ko‘rsatmasiga ko‘ra Ostona shahrida O‘zbekiston Elchixonasi binosi qurilishi va Almati shahridagi hozirgi diplomatik missiya o‘rnida Bosh konsulxona ochilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur masala Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligining qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi ishlari bo‘yicha qo‘mitasida, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya ishlari bo‘yicha qo‘mitasida va Ostona shahri hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston poytaxtidagi "EXPO — 2017" xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0