O‘zbekistonda 19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilinishi haqida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. O‘zbekistonda 19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilindi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Abdulla Qodiriy bog‘ida hashar - Sputnik O‘zbekiston
Umumxalq Navro‘z hasharida 22 million kishi ishtirok etdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilinishi haqida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan.

O‘zaro mehr-oqibat va saxovatni yanada kuchaytirish, ijtimoiy hamkorlik, beg‘araz yordam va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hududlarini, aholi turar joylarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, mustaqillikning yigirma olti yillik shodiyonalarini munosib kutib olish hamda nishonlash kabi maqsadlar ifodalangan hujjatda oylik doirasida hamda hashar kunlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0