AQSh senati vakillari mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar bilan tanishishdi

© Facebook / Ministry of Labour of the Republic of UzbekistanVstrecha predstaviteley Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy respubliki Uzbekistan s delegatsiyey Komiteta Senata SShA po mejdunarodnim otnosheniyam
Vstrecha predstaviteley Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy respubliki Uzbekistan s delegatsiyey Komiteta Senata SShA po mejdunarodnim otnosheniyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili janob K.MakKari Amerika tomoni o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarning Qo‘shma Shtatlarda o‘qishi masalasida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakillari O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘lishdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Delegatsiya agentstva migratsii Uzbekistana sovershila vizit v Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi o‘zbek mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Uchrashuv doirasida Davlat Mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i B.Shahriyorov AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakillariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xalqaro munosabatlar va xalqaro mehnat tashkiloti bilan ishlash shu’basi boshlig‘i B.Alimuxamedov AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi delegatsiyasini odam savdosi, majburiy mehnat masalalarining oldini olish va mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik meyorlari bilan tanishtirdi.

AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili janob K.MakKari AQShda xorijiy stajorlarning texnik o‘quvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba mavjudligini aytib o‘tdi. U Amerika tomoni o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarning Qo‘shma Shtatlarda o‘qishi masalasida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0