Migratsiya agentligi o‘zbek mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

© Press-slujba Ministerstva truda RUzDelegatsiya agentstva migratsii Uzbekistana sovershila vizit v Novosibirsk
Delegatsiya agentstva migratsii Uzbekistana sovershila vizit v Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Rossiyaning turli sanoat, qurilish va boshqa sohalari korxonalari va boshqa ish beruvchilaridan 20 mingdan ziyod ishchi va mutaxassisni qabul qilish yuzasidan talabnomalar tushgan

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. 31 iyuldan 6-avgustgacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida imzolangan tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risidagi Bitim asosida Rossiyaning Novosibirsk, Irkutsk va Oltoy o‘lkalarida safarda bo‘ladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Deportatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgan fuqarolarga eslatma berdi

Xabarda aytilishicha, Novosibirskdagi "O‘zbekistonliklar hamjamiyati" o‘quv muassasasi binosida O‘zbekiston delegatsiyasi "Mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari haqida" mavzuyidagi prezentatsiyani namoyish etdi. Tadbirda Novosibirsk viloyatining yetakchi kompaniyalari vakillari, shuningdek, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi yirik ish beruvchilar hamda kadrlar agentliklari va sug‘urta kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ishga joylashtirish imkoniyatlari va shartlari haqida, O‘zbekiston fuqarolarining norasmiy mehnat migratsiyasi profilaktikasi va uning oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risidagi Bitimni hayotga tatbiq etish jarayoni haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi va Novosibirsk viloyati mehnat, bandlik va mehnat resurslari vaziri o‘rinbosari N.Svetkova o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Delegatsiya mehnat migratsiyasi sohasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning zamonaviy holati, shuningdek, Agentlikning vazifa va funksiyalari haqida so‘z yuritdi.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilish uchun yuborish xarajati miqdorini ma’lum qildi

Rossiya tomoni O‘zbekistonning Bosh Konsulligi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan tashkiliy mehnat migratsiyasi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi.

Delegatsiya "NORDMOL" ulgurji-chakana markazi (UChM) boshqaruv direktori M. Shabashov bilan uchrashdi. "NORDMOL" UChM o‘z ichiga 25 ta futbol maydoni hududi hajmida 5000ta savdo shoxobchasini qamrab oladi. Mehnat migrantlari uchun esa shinam va qulay muhitda hayot kechirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tashkiliy mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lum qilishicha, ayni paytda Rossiyaning turli sanoat, qurilish va boshqa sohalari korxonalari va boshqa ish beruvchilaridan 20 mingdan ziyod ishchi va mutaxassisni qabul qilish yuzasidan talabnomalar tushgan.

Yangiliklar lentasi
0