TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning birinchi olti oyida 84 ming 300ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Ijtimoiy sohada 2,7 ming km avtomobil yo‘llari qurib bitkazilgan va ta’mirdan chiqarilgan, 2020-yilga qadar energetik samarali va arzon bo‘lgan ko‘p qavatli uylar qurish dasturini amalga oshirish davom etmoqda. Ushbu dastur doirasida 1 ming 136ta ko‘p qavatli uy qurish hamda qishloq joylarida 75 mingta turar joy qurish rejalashtirilgan.
Undan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar natijasida 13 mingdan ortiq loyihalar amalga oshirildi, 2,1 trln so‘mlik kreditlar o‘zlashtirib olindi, 10 ta iqtisodiy hudud va 5 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilindi. Peugeot va Citroyon tijorat avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurilmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismi tariqasida soliq va sud-huquq tizimlari ham takomillashtirilmoqda. Xususan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar yaratilmoqda, iqtisodiy faoliyatdan kelib chiqqan bahslarni hal qilish uchun ma’muriy sudlar tashkil qilingan.