O‘zbekistonda eng yuqori maoshli va eng ommaviy ish o‘rinlari

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGeodezist ish vaqtida
Geodezist ish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet e’lonlar sahifasi O‘zbekistonda eng yuqori maoshli va eng ko‘p ish o‘rinlari taklif qilinadigan sohalarni e’lon qildi.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan internet-e’lonlar portali Olx.uz eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalarni e’lon qildi.

Portal tahliliga ko‘ra, eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar bu — ko‘chmas mulk, marketing, savdo va axborot texnologiyalari sohalaridir. Ushbu sohada o‘rtacha taklif qilinayotgan maoshlar hajmi 1 mln so‘mdan 1,4 mln so‘mgacha.

Yil boshidan o‘rtacha oylik ish haqi 12,6 %ga oshirildi

Energetika va qurish sohalarida ham maoshlar 1,5 mlngacha yetishi mumkin. Qurilish sohasida oyliklar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan oddiy payvandchiga – 700 ming oylik taklif qilinmoqda. Boshqaruv sohalarida maoshlar, kutilganidek yuqori. Masalan Toshkentda savdo bo‘limi boshqaruvchisiga lavozimiga 3,5 mln so‘m taklif qilinmoqda.

Eng ko‘p ish o‘rinlari soni bar va restoranlarda taklif qilinmoqda. Mehnat bozorida taklif qilinayotgan bo‘sh o‘rinlardan oltidan biri – ushbu sohada. Eng ko‘p ish izlanayotgan sohalar bar va restoranlar, chakana savdo, ta’lim va qurilish sohalaridir.

Buxgalter, enaga, haydovchi kabi ish o‘rinlariga ham talab va taklif ham juda ko‘p. Shuningdek o‘z mashinasi yordamida pul topishni istagan fuqarolar ham bor. 

 

OLX xizmati orqali ish qidirayotgan fuqarolarning aksariyati Toshkent va Samarqand viloyati aholisidir. Internetda joylashtirilgan tarjimai hollarning yarmidan ko‘pi ushbu shaharlar aholisidan.

© OLXIsh beruvchilar eng ko‘p qidiradigan nomzodlar
Samie vostrebovannie kategorii sredi rabotodateley v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Ish beruvchilar eng ko‘p qidiradigan nomzodlar

 

Yangiliklar lentasi
0