O‘zbekiston biznes yuritish qulayligi bo‘yicha jahon reytingida keskin yuqoriladi

© Pixabay / AlexanderSteinInvestitsii v biznes
Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir yil ichida respublika 54 pog‘ona yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan

TOShKENT, 15-avgust — Sputnik.  O‘zbekiston keyingi yillarda biznes yuritishning qulayligi bo‘yicha jahon mamlakatlari reytingida keskin yuqoriladi. Bu ma’lumot Jahon banki tomonidan e’lon qilingan “Doing Business” (Biznes yuritish) hisobotida qayd etildi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini tayinladi

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2016-yilda biznes yuritishning qulayligi bo‘yicha jahonning 190 mamlakati ichida 63,03 ball bilan 87-o‘rindan joy olgan. Qiyoslash uchun 2015-yilda O‘zbekiston 54,26 ball bilan 141-o‘ringa joylashgandi. Bir yil ichida respublika 54 pog‘ona yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida axborot shaffofligi oshgan, kichik investorlarni himoya qilish kuchaygan hamda soliq tizimida yengilliklar yaratilgan.

Reytingning dastlabki uchligini Yangi Zelandiya, Singapur, Daniya egallagan.

MDH davlatlari orasida 1-o‘rinda Qozog‘iston (35-o‘rin), 2-o‘rinda Belarus (37-o‘rin) va 3-o‘rinda Rossiya (40-o‘rin) joylashgan.

Jahon bankining “Biznes yuritish” hisoboti 14-bor chop etildi. Unda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish yoki cheklashga oid meyorlarga baho beriladi. Hisobot xususiy korxonalarga nisbatan 11 yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy normalar tahlilini o‘z ichiga oladi. Ular orasida “Korxona tashkil etish”, “Qurilishga ruxsat olish”, “Elektr ta’minotiga ulanish”, “Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish”, “Kredit olish”, “Kichik investorlarni himoya qilish”, “Soliq tizimi”, “Xalqaro savdo” “Shartnomalar ijrosini ta’minlash” kabi yo‘nalishlar bor.

Yangiliklar lentasi
0