TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida navbatdagi 8 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketishdi, deb xabar qildi Uzbekiston 24 telekanali.
Xabarda aytilishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga har tomonlama ko‘mak berish yo‘lida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash maxsus dasturini ishlab chiqilgan.
Germaniyaning «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti bilan birgalikda 2002-yildan buyon hamkorlik qilib kelinmoqda.
14 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida navbatdagi 8 nafar bemor bolalar davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2002-2016 yillar davomida 322 nafar o‘zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolangan.