Doirachi ayollar hayajonlangani uchun Rahmon xotin-qizlar raisini ishdan haydadi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga doirachi ayollarning ortiqcha hayajonlanishlari yoqmadi. Shu bois, Tojikiston rahbari xotin-qizlar raisini ishdan oldi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon musiqachilarning omadsiz chiqishi tufayli amaldor ayolni ishdan haydadi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mahalliy OAVlarga tayangan holda.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
"Rahmon-Tramp bellashuvi"da Tojikiston prezidenti ustun keldi
Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada Tojikiston rahbari Xatlon viloyatining Xuroson tumaniga tashrif uyushtirgan. An’anaga ko‘ra, Rahmonni kichikroq konsert bilan kutib olishgan. Ammo prezident Rahmonga "Ochanjonxo" (Onajonlar) doirachi ansambllarining chiqishi manzur bo‘lmaydi.

Doira chertayotgan ayollar ehtimol, qattiq hayajondan ritmga tusha olmaydilar va Rahmon bundan qattiq norozi bo‘ladi.

Doirachilarning xatolari uchun ansambl rahbari emas, balki tuman xotin-qizlar va oila masalalari raisi Ziyoda Salomova javob berdi. Ayol o‘sha kuni ishdan olindi.

Salomova o‘zining lavozimdan ozod etilganidan xafa emasligini aytgan holda, musiqachilarning xatosi uchun ansambl raisi javob berishi kerak edi, degan fikrni bildirib o‘tgan.

Nashr xabariga ko‘ra, Tojikistonda davlat rahbarining har bir tashrifiga astoydil tayyorgarlik ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0