"Rahmon-Tramp bellashuvi"da Tojikiston prezidenti ustun keldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp o‘zining g‘aroyib so‘rashishi bilan nom qozongan. U qo‘l berib ko‘rishayotgan kishisining qo‘lini kuch bilan o‘ziga tortib, uni noqulay ahvolga solib qo‘yadi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘zaro qo‘l berib so‘rashishlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini qaratdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Ikki davlat yetakchilari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan "AQSh — Islom dunyosi" sammitida uchrashdilar.

AQSh prezidenti shuningdek O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan ham uchrashdi.

Tramp o‘zining g‘aroyib so‘rashishi bilan nom qozongan. U qo‘l berib ko‘rishayotgan kishisining qo‘lini kuch bilan o‘ziga tortib, uni noqulay ahvolga solib qo‘yadi.

Ammo Emomali Rahmon bunga tayyorgarlik ko‘rib kelgan chog‘i, deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari. Bunga birinchi bo‘lib A_Imanaliev niki ostidagi Twitter foydalanuvchisi e’tibor qaratdi.

"Qo‘l berib so‘rashishda Trampni yengib chiqqan inson topildi", — deb yozdi u.

Shundan so‘ng uning tviti ommalashib ketdi va bu haqda AQSh va Britaniya nashrlari ham yozdi.

Yangiliklar lentasi
0