Prezident tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini tayinladi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti davlat rahbarining farmoni bilan shu yilning may oyida joriy etilgan edi

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dilmurod Qosimovni prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil etib tayinladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga tranzit yo‘l xarajati uchun katta miqdorda chegirma joriy etildi

Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti davlat rahbarining farmoni bilan shu yilning may oyida joriy etilgan edi.

Uning asosiy vazifasi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli ta’minlash, davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy mulk daxlsizligining qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ustuvorligi prinsipini ta’minlashdan iborat.

Biznes-ombudsman tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish, davlat organlarining tadbirkorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq yig‘ilishlarida qatnashish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0