Toshkent bozorlarida naqd pul beruvchi bankomatlar ishga tushirildi

© uz24.uzToshkent bozorlarida naqd pul beruvchi bankomatlar ishga tushirildi
Toshkent bozorlarida naqd pul beruvchi bankomatlar ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba, 14-avgustdan boshlab Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida naqd pul yechib olish mumkin bo‘lgan bankomatlar ishga tushirildi. Har bir bozorda bittadan bankomat o‘rnatilgan

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkent vaqti bilan 9:00da Xalq banki xodimi Oloy bozorida bankomat faoliyatini "ishga tushirdi". Bankomatlarni to‘ldirish uchun naqd pullar maxsus konteynerlarda olib kelindi. Bank vakili apparatning dasturlash ta’minotini ishga tushirgach, ilk foydalanuvchi plastik kartadan pul yechib oldi, deb xabar qilmoqda "Uz24uz".

Xabarda aytilishicha, naqd pulni yechib olish jarayoni 1,5-2 daqiqa vaqtni talab etadi. Bitta kartadan hech qanday komissiyasiz 100 ming so‘mgacha pul yechib olish mumkin. Pullar 10 ming, 5 ming va 1 ming so‘mlik kupuralarda berilmoqda.

Snyatie denejnix sredstv v bankomate - Sputnik O‘zbekiston
14 avgustdan Toshkent bozorlarida bankomatlar ishlay boshlaydi - "Xalq banki"
Bankomat Uzcard tizimiga ulangan har qanday bank plastik kartalarini qabul qiladi. Korporativ kartalardan naqd pul yechib olish imkoni esa mavjud emas.

"Ushbu bankomat ertalab 9:00dan kech 18:00ga qadar ishlaydi. Kun davomida bu yerda taxminan 200-300 kishi naqd pul yechib olishi mumkin", — deb aytgan Xalq banki Yunusobod filiali plastik kartalar bo‘limi xodimi G‘ayratjon Xudoyorov.

Xudoyorovning so‘zlariga ko‘ra, bir foydalanuvchi 100 ming so‘mlik limitga qat’iy amal qilgan taqdirda bir necha kartalardan naqd pul yechib olishi mumkin.

© uz24.uzNa rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix - Sputnik O‘zbekiston
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix

Xalq banki odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda ham bankomatlarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda — ular sutkada 24 soat ishlashi xabar qilinmoqda.

© uz24.uzNa rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix - Sputnik O‘zbekiston
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix

Yangiliklar lentasi
0