14 avgustdan Toshkent bozorlarida bankomatlar ishlay boshlaydi - "Xalq banki"

© CHANDAN KHANNA / AFPSnyatie denejnix sredstv v bankomate
Snyatie denejnix sredstv v bankomate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so‘m yechib olishi mumkin

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. "Xalq banki"ning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo‘yliq bozorlariga bankomatlar o‘rnatib chiqildi. Bankomatlar 14-avgust, dushanba kunidan ishlay boshlaydi. Bu haqda uz24.uz xabar qilmoqda.

Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Pul kerakmi, marhamat: Toshkentda mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi

Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o‘rnatilmoqda.

Mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so‘m yechib olishi mumkin. Bankomatda 1 000 so‘m, 5 000 so‘m, 10 000 so‘mgacha bo‘lgan kupuralar bo‘ladi.

Hozirda bankomatlar asosan bozor hududida joylashgani uchun ularning ish rejimi ham shunga moslashtirilgan. Kelajakda aholi gavjum joylarda shunday bankomatlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan va ular 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0