TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Joriy yil avgust oyi yakunida Makka va Madina shaharlarida haj ziyorati boshlanadi.
Rossiya Din ishlari boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasovga ko‘ra, xaj ziyorati davomida ziyoratchilar foto va video tasvirga olishlari mumkin, shunda ham faqat ta’lim maqsadida.
"Asosiysi, odam ziyoratni haj-selfiga aylantirib yubormasin. Kishi o‘z xatti-harakatlarini ziyoratning asosiy niyatlarini amalga oshirishga qaratishi kerak. Ziyoratchi suratga tushib o‘z birodarlariga jo‘natishi mumkin. Lekin bu ishga haddan berilib ketmaslik lozim", — deb ta’kidladi Abbasov Sputnik Tojikiston radio efiri vaqtida.
Imomning so‘zlariga ko‘ra, Instagramga selfi va postlarni joylashtirishni haj ziyoratining asl maqsad va mohiyatidan yuqori qo‘ymaslik zarur.
Eslatib o‘tamiz, 7-23 avgust kunlari 7 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchilarni haj safariga kuzatish tadbirlari amalga oshirilmoqda.