Quyosh batareyalari samaradorligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishQuyosh batareyasi
Quyosh batareyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Perovskit minerali yordamida yasalgan quyosh batareyasining samaradorlik koefitsenti 23,9 %ni tashkil qildi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Belgiyalik olimlar Perovskit minerali asosida yangi turdagi quyosh batareyalari ishlab chiqarishdi. IMEC markazi olimlari tomonidan yaratilgan quyosh batareyasining samaradorlik koefitsenti 23,9 %ni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda CleanTechnica sahifasi.

Bu ushbu sohada o‘rnatilgan yangi rekord bo‘ldi. Buning uchun belgiyalik olimlar perovskitni kremniy yordamida o‘zgartirishdi. Olimlar hosil bo‘lgan qoplamaning ustki qatlamining tuzilishini o‘zgartirishdi va quyosh nurlarini aks etish xususiyatini kamaytirishdi.

Vistavka Smotrite, eto — NANO! - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Tabiiy perovskit kristall ko‘rinishdagi mineral modda bo‘lib tabiatda kam uchraydi, lekin uni sun’iy yo‘l bilan sintez (hosil) qilish nisbatan oson va arzondir. Quyosh batareyalari ishlab chiqarishda u kremniydan ham arzonga tushadi. Agar bunday quyosh batareyalari ommaviylashib ketsa, ulardan olinadigan energiya qiymati bir necha barobar arzonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, eng samarador quyosh batareyalari kosmik kema va sputniklarda ishlatiladi. Ularning samaradorligi maishiy quyosh batareyalaridan 2-2,5 baravar ortiq, lekin ularning narxi ham juda qimmat. Bugungi kunda ommaviy quyosh batareyalari samaradorligi 17-18 %ni tashkil qiladi.

Yana bir qiziq yangilik, AQShning Djordj Vashington universtiteti injeneri kaskadli quyosh batereyasi moduli yaratdi. U elektr ishlab chiqarishda quyosh nurining har bir spektridan foydalanadi va natijada uning foydali ish koefitsenti 44,5%ni tashkil qildi. Lekin ommaviy ishlab chiqarishda ushbu batareya o‘ta qimmatga tushar ekan.

Yangiliklar lentasi
0