Milliy bank migrantlar uchun pul o‘tkazmalari tizimini ishga tushirmoqda

© Sputnik / Andrey Rudakov / Mediabankka o‘tishAvtomat momentalnoy oplati
Avtomat momentalnoy oplati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy banki va QIWI xalqaro to‘lov tizimi migrantlar uchun pul o‘tkazmalari tizimini ishga tushiradi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston Milliy banki va QIWI xalqaro to‘lov tizimi yaqin bir necha oy ichida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish mexanizmini joriy qilishadi, deb xabar qildi bank xodimi Sputnik muxbiriga.

Bank xodimining so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat, avvalombor, Rossiyada ishlayotgan o‘zbek mehnat migrantlari uchun mo‘ljallangan.

“Bugungi kunda, Rossiyaning uzoq hududlarida ishlayotgan migrantlar pul o‘tkazish vaqti ayrim qiyinchilikarga duch kelmoqda. Bank bo‘limlari hamma joyda ham yo‘q va ular dam olish kunlari ishlamaydi. Ba’zan u yerda navbatda turishga to‘g‘ri keladi. Bizning xizmatimiz migrantlarga QIWI terminali orqali pul o‘tkazish imkonini beradi. QIWI Rossiya hududida eng keng tarqalgan terminallar tarmog‘iga ega. Bugungi kunla ularning soni 162 mingdan ortiq”, — dedi bank xodimi.

Pul o‘tkazish tartibi juda oson bo‘ladi. Rossiyaga ketishdan oldin Milliy bank bo‘limlaridan biriga kelib, valyuta hisob raqami ochish va uni so‘mli plastik kartaga yoki xalqaro visa kartaga bog‘lash kerak bo‘ladi. Rossiyada esa, ushbu karta raqamiga QIWI terminali orqali rubl yuboriladi. Rubl valyutaga operatsiya amalga oshirilgan vaqtidagi Rossiyadagi kursi bo‘yicha almashtiriladi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi

O‘z mablag‘ini olish uchun esa, mijoz O‘zbekistondagi Milliy bank filiallaidan biriga kelishi kerak bo‘ladi. Mablag‘ unga dollarda beriladi. Agar kartochka so‘mda bo‘lsa, undan dollarda biror nima xarid qilishning imkoni bo‘lmaydi.

“Pul o‘tkazmalaridan farqli ravishda, QIWI terminali orqali amalga oshirilgan operatsiyalar darhol ekranda namoyish etiladi. Shuningdek terminal orqali operatsiya amalga oshirganda mijozning ismi sharifi, pasport raqamlarini kiritish talab qilinmaydi. Biz sinov tariqasida  uchta operatsiya amalga oshirdik. Ushbu xizmatni yaqin ikki oy ichida ishga tushiramiz”, — dedi Milliy bank xodimi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 1-may sanasiga qadar Milliy bank 2,9 millondan ortiq plastik kartochkalarni muomalaga chiqargan. Mutaxasisilar aytishiga qaraganda 2018-yilning 1-yanvariga qadar ularning soni 3,5 milliondan oshishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0