Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yanvar - mart oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 570 mln dollar - o‘tgan yilga qaraganda 192 mln dollarga ko‘p pul mablag‘lari yuborildi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 2017-yilning dastlabki choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,79% ga ortdi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga 2016-yilda pul yuborish kamaygan

Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar — mart oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 570 mln dollar — o‘tgan yilga qaraganda 192 mln dollarga ko‘p pul mablag‘lari yuborildi.

2016 yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 378 mln dollar, 2015-yilda — 466 mln dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu so‘nggi yillardagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shu vaqt mobaynida O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning birinchi choragidagi 82 mln dollardan 2017-yilda 68 mln dollarga pasaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0