TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Donald Tramp bilan yuz berayotgan kelishmovchiliklar tufayli AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson o‘z lavozimini muddatdan oldin tark etishi mumkin. Bu haqda Amerika diplomatiyasi rahbariyatiga yaqin manbalardan biridan olingan ma’lumot asosida CNN telekanali xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Bosh prokurori Jef Seshns "Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi" ishidan o‘zini chetlashtirish qarorini e’lon qilgach, Tramp New York Times nashriga bergan intervyusida uni bu uchun keskin tanqid qilgan edi.
Manbalarning so‘zlariga qaraganda, Tillerson ilgariroq do‘stlari bilan suhbati chog‘ida, AQSh tashqi siyosati mahkamasi rahbari sifatida o‘z faoliyatidan ko‘ngli qolgani va egallab turgan lavozimini yil oxiriga qadar tark etishi mumkinligini aytgan.
AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerrining o‘rniga kelgan Reks Tillerson 69-davlat kotibiga aylangan edi.