TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. 12-avgust kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha yana bir tezurar poyezd qatnovini ishga tushiradi. Podrobno.uz xabariga asosan.
Yangi poyezd haftasiga 3-marta juma, shanba va yakshanba kunlari yo‘lovchilarga xizmat qiladi.
Toshkentdan poyezd jo‘nash vaqti ertalab soat 8-30 dan, Samarqanddan esa 17-00 dan belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston temir yo‘llari" Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanib kelmoqda. Ushbu zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qadimgi Afrosiyob shahri sharafiga qo‘yilgan. Hozirgi kunda Toshkent-Qarshi, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida muntazam qatnov amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda temir yo‘l kompaniyasi parkida 4 ta "Afrosiyob" poyezdi mavjud.