TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda harakatlanayotgan poyezdlarga tosh otish holatlari qayd etildi, deb xabar qildi Uznews.
"Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Lekin, shunga qaramasdan, bunday huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. Jumladan, temir yo‘l bo‘ylab sayr qilish, og‘ir buyumlarni harakatlanayotgan poyezdlarga otish kabi ko‘plab holatlar qayd etilgan" — deb ta’kidladi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Abdulla Ibragimov.
IIV Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, poyezdlarga tosh otish bo‘yicha qoidabuzarliklar barchasi Samarqand viloyatida sodir etilgan. Tosh otish oqibatida yo‘lovchilar jarohatlanmadi. Poyezdlarga toshlarni asosan bolalar otishgan.