Ekspert: Vashington AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi g‘oyaga muhtoj

© Flickr / Xadamoti matbuotPrezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran
Prezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev "ochiq, do‘stona va pragmatik" pozitsiyaga sodiq ekanligini ma’lum qildi va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni meyorlashtirish jarayonini boshladi

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. Vashington kun tartibida bo‘lgan AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi g‘oyalarga muhtoj, deb hisoblaydi Amerika tashqi siyosat bo‘yicha kengashi vitse prezidenti Ilan Berman. Podrobno.uz uning Foreign Affairs jurnalida e’lon qilingan maqolasini chop etdi.

"Sobiq sovet makoniga alohida geosiyosiy markaz sifatida qarash vaqti keldi. Bunda Amerika strategiyasi xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha alohida va mustaqil mintaqaviy hamkorlik tuzilmalarini yaratish jarayoniga yo‘naltirilishi lozim", – deb yozadi Berman maqolasida.

Davlat rahbarlarining amaliy sa’y-harakatlari va siyosiy irodalari tufayli mintaqada yanada chuqur hamkorlik qilish uchun yangi sharoitlar yuzaga keldi. Ekspertning aytishicha, shu paytga qadar tashqi olam mazkur mintaqaga hududiy nizolar hamda energetika va suv resurslari ustidan nazorat o‘rnatish istagida bir-biri bilan raqobatlashuvchi davlatlar makoni sifatida qarab kelgandi. "Biroq o‘tgan yildan boshlab bu mamlakatlar hukumatlari investitsion muhitni yaxshilash, savdo va turizmni rivojlantirish bo‘yicha jiddiy islohotlarni boshladi", – deb yozadi u.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: biz uchun gullab-yashnayotgan, xavfsiz Markaziy Osiyo muhim

"Hukumat tepasiga kelganidan so‘ng qo‘shnilari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan O‘zbekistonning yangi rahbari bu borada ayniqsa ajralib turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev "ochiq, do‘stona va pragmatik" pozitsiyaga sodiq ekanligini ma’lum qildi va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni meyorlashtirish jarayonini boshladi. U o‘zining ilk rasmiy tashriflarini Turkmaniston va Qozog‘istonga amalga oshirdi, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan aloqalarni sezilarli darajada yaxshiladi", – deya qayd etadi Berman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shnilar Toshkentning mintaqada yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish siyosatini ijobiy qabul qilishdi va qo‘llab-quvvatlashdi.

"Shu bois Vashington kun tartibida bo‘lgan AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi g‘oyalarga muhtoj. Mintaqadagi davlatlarda yuz berayotgan izchil o‘zgarishlar ularga Moskva va Pekinga raqobat nuqtayi nazari orqali qarashni bas qilish kerakligini ko‘rsatmoqda", – deb ta’kidlaydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0