Samarqandda akvapark qurilmoqda

© zarnews.uzProyekt novogo akvaparka v Samarkande
Proyekt novogo akvaparka v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahridagi "Sug‘diyona" madaniyat va istirohat bog‘i hududida joylashgan akvapark o‘rnida bunyod etilayotgan yangi majmua zamon talablari darajasidagi dam olish va sport-sog‘lomlashtirish maskani bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish ishlari 2018-yilning 10-mayiga qadar davom etadi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Samarqandda akvapark qurilmoqda, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi
"Dobusiya Samarkand Aqualand" MChJ direktori Bahriddin Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy akvapark hududidan yozgi cho‘milish havzalari va qishki basseynlar, sauna-basseynlar, bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun attraksionlar, qumda futbol, voleybol maydonchalari, oilaviy kichik kottejlar, qahvaxonalar va boshqa turdagi sport-sog‘lomlashtirish, dam olish maskanlari joy oladi.

"Majmuada ayniqsa, xotin-qizlarimizning madaniy hordiq chiqarishlari uchun sharoitlar yaratiladi, ular uchun alohida sauna-basseynlar, go‘zallik salonlari, fitnes zallari bo‘ladi. Hozirda dastlabki qurilish ishlari tugallangan ikkita yirik basseyn atrofida sun’iy tezoqar suvli yo‘lak, ya’ni to‘lqinli hovuz quriladi", — deb qo‘shimcha qilgan Ibragimov.

Mahalliy aholi va sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ladigan akvapark hududida muz ustidagi sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan "Muz saroyi"ining qurilishi quvonchli yangilik. Bu o‘z navbatida, Samarqandda figurali uchish maktabiga asos solinishiga zamin yaratadi.

Umumiy maydoni 3,5 gektar, atrofi daraxtzor akvapark hududiga qo‘shimcha ravishda mingga yaqin noyob daraxtlar, butalar, gullar ekiladi. Soyabonlar qo‘yiladi. Hududdagi ko‘pyillik daraxtlar saqlab qolinadi, faqatgina suv havzasi bo‘yidagi bir nechta daraxtlar olib tashlanishi mumkin. Yirik basseynga o‘rnatiladigan suv parki tepaligi 15 metr balandlikda bo‘lib, konstruksiyalar Xitoydan keltiriladi.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zo‘r takliflar kiritdi

Qurilish ishlari 2018-yilning 10-mayiga qadar davom etadi.

Bundan tashqari, hududda 6 qavatli zamonaviy mehmonxona bunyod etilib, unda dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Mavsumiy 50 dan ziyod va yana doimiy 50 ta ish o‘rni yaratiladi.

Yangi akvapark bilan tutash, 7 gektar maydonda joylashgan "Sug‘diyona" istirohat bog‘ida ham aholi dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Istirohat bog‘i 2014-yilda qayta ta’mirlangan bo‘lib, o‘tgan vaqt davomida yangi zamonaviy attraksionlar keltirib o‘rnatildi.

Hozirda mazkur istirohat bog‘ida "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivali mehmonlarini qabul qilish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda".

Yangiliklar lentasi
0