TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Bugun Xalqaro press-klub anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov oliy ta’lim muassasalarida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlarining natijalari 12-avgustgacha qolmay e’lon qilinishini aytib o‘tdi.
Vazirning ta’kidiga ko‘ra, bu yil test imtihonlari natijalari e’lon qilinishi muddati avvalgi yillardan katta farq qilmaydi. "10-12 kunda e’lon qilinsa kerak", — deb taxmin bildirgan vazir.
"Test natijalarining e’lon qilinishi to‘liq Davlat test markazining imkoniyatlariga bog‘liq. 730 mingdan ziyod abituriyentning testlari tekshirib chiqiladi. Bu jarayonlarning bari avtomatlashtirilgan, DTM texnikalari tunu-kun ishlab turibdi. Javoblar aynan qachon e’lon qilinishi borasida aniq bir narsa deya olmayman, 10-12 kunda e’lon qilinsa kerak" — dedi qo‘shimcha qildi Inomjon Majidov.