TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Esingizda bo‘lsa, ushbu yilning aprel oyida Samarqandda tramvay yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi va Shavkat Mirziyoyevnig shaxsan o‘zi unda ishtirok etgan edi.
Mana, oradan 3 oy o‘tar-o‘tmas, yashil ko‘klamzorlaru, chet eldan valyuta hisobiga olib kelingan manzarali daraxtlar qurib qoldi.
Facebookdagi Samarkand&Samarkandsi foydalananuvchisi bu borada shunday yozgan:
“Ushbu yilning bahorida tramvay halqasi qurilgan Sattepo massivida atrof-muhit chiroyli qilib qo‘yilgan edi. Maysazorlar, kashtan daraxtlari ekilgan edi. Har kuni kechquruv suv tashiydigan mashina kelib ularni sug‘orib ketar edi. O‘tlar ham o‘sib hamma yoq ko‘m-ko‘k bo‘lib qolgan edi. Lekin aholining quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Oxirgi ikki oy davomida hech kim u yerni sug‘ormadi, maysazor va daraxtlar qurib qoldi. Axir ushbu hududni obodonlashtirish uchun qancha davlat mablag‘i sarflangan edi-ku!? Men vatanparvar sifatida bunga befarq qarab tura olmayman. Shahar hokimiyati ushbu vaziyatga e’tibor berishini istayman!”, — deb yozadi Sattepo massivida yashovchi Rashid Temirov.