Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayining yo‘lovchisi bo‘ldi

© "Uzbekiston temir yullari"V Samarkande zapustili tramvai
V Samarkande zapustili tramvai - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni birinchi yo‘lovchilar qatorida Samarqand tramvayidan foydalandi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘tgan yilning 5-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yo‘lovchi transporti tizimini rivojlantirish maqsadida shaharda travmay yo‘llari qurish zarurligini ta’kidlagan edi.Oradan yarim yil o‘tib Samarqandda yangi yo‘lovchi transport tizimining birinchi navbati ishga tushdi.

Ikki tomonlama qatnovga mo‘ljallangan yo‘lda elektr bilan ta’minlovchi to‘rtta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yo‘l vokzali bilan Sartepa oralig‘idagi 6,4 kilometrlik yo‘nalishda 8 tramvay harakatlanadi.

Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Samarqandga bo‘lgan tashrifi davomida, shaharda ishga tushirilgan tramvayning birinchi yo‘lovchilari qatorida bo‘ldi. Prezident "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo‘l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayida
Shavkat Mirziyoyev prokatilsya na tramvae v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayida

Kelajakda Samarqandda yana uchta yo‘nalish bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Tramvay yo‘llari Temir yo‘l vokzali, Siyob dehqon bozori, Kimogarlar mavzei  kabi aholi ko‘p yashaydigan hududlarni shaharning eng gavjum markaziy hududlari bilan bog‘lashi kerak.

© SputnikSamarqandda tramvay harakati
Samarqandda tramvay harakati - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda tramvay harakati
Yangiliklar lentasi
0