"Armi – 2017" tanlovida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik harbiylar kutib olindi

© Ministerstvo oboroni RFBolelshiki komandi armii Uzbekistana vo vremya konkursa otlichniki voyskovoy razvedki na Armeyskix mejdunarodnix Igrax-2017
Bolelshiki komandi armii Uzbekistana vo vremya konkursa otlichniki voyskovoy razvedki na Armeyskix mejdunarodnix Igrax-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"ARMI – 2017" doirasida o‘tkazilayotgan 29 ta tanlovning 8 tasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8 ta jamoa ilk bor ishtirok etdi

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida uchinchi xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi 1news.uz.

"ARMI – 2017" doirasida o‘tkazilayotgan 29 ta tanlovning 8 tasida, ya’ni Rossiya Federatsiyasi hududida kechgan "Qo‘shin razvedkasi a’lochilari", "Elbrus halqasi", "Sodiq do‘st", "Xavfsiz marshrut", "Yo‘l patruli", Qozog‘istonda o‘tkazilgan "Merganlik marrasi", Xitoyda bo‘lib o‘tgan "Qurolsoz usta", "Musaffo osmon" tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8 ta jamoa ilk bor ishtirok etdi.

15 tasida esa, ya’ni "Tank biatloni", "Harbiy-tibbiy estafeta", "Dala oshxonasi", "Osmon kaliti", "Avtobronetank texnikasi ustasi", "Harbiy ralli", "Muhandislik formulasi", "Rembat", "Hamdo‘stlik jangchisi", "Artilleriya ustasi", "UUA (uchuvchisiz uchish apparatlari) ekipajlari musobaqasi", "Suvorov shiddati", "Xavfsiz muhit", "Desantchilar vzvodi", "Aviadarts" kabi musobaqalarda o‘zbekistonlik vatan himoyachilari kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

Voyennoslujashie voorujennix sil Uzbekistana posle finisha pervogo etapa Desantirovanie, sovershenie marsh-broska mejdunarodnogo konkursa Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek razvedkachilari Armi-2017ning eng murakkab bosqichida 3-o‘rinni olishdi

Rossiya Federatsiyasining Tumen viloyatidagi dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan "Xavfsiz marshrut" musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakchiligidagi harbiy xizmatchilar jamoasi O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi. Katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar – V. Jumaqulov, Sh. Davronov, kichik serjantlar – D. Bekmatov, T. Haydarov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar – U. Musayev, E. Hasanovning uyushqoqlikda harakat qilganlarini alohida ta’kidlash lozim. Musobaqada O‘zbekiston vakillari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Vatanga yorug‘ yuz bilan qaytishdi.

Harbiy muhandislar tanlovning muhandislik-razvedka dozorining suvli to‘siqlarni razvedka qilishdagi harakatlanishi, piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va zararsizlantirish, mexanizatsiyalashtirilgan ko‘prik majmuasini yig‘ish, yo‘l o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mashina bilan zararlangan yo‘lni tiklash hamda muhandislik mashinasi bilan yo‘l o‘tkazish kabi shartlarda bellashib, sovrinli o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida "Xavfsiz marshrut" tanlovi sovrindorlarini kutib olish tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bildirishicha, yurt sharafini xalqaro arenada munosib himoya qila olgan harbiylar qizg‘in qutlandi.

Eslatib o‘tamiz, "ARMI – 2017" tanlovi 12-avgust kuni nihoyasiga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0