O‘zbek razvedkachilari Armi-2017ning eng murakkab bosqichida 3-o‘rinni olishdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie voorujennix sil Uzbekistana posle finisha pervogo etapa "Desantirovanie, sovershenie marsh-broska" mejdunarodnogo konkursa "Otlichniki voyskovoy razvedki"
Voyennoslujashie voorujennix sil Uzbekistana posle finisha pervogo etapa Desantirovanie, sovershenie marsh-broska mejdunarodnogo konkursa Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bosqich eng murakkab bosqich sanalib, butun tanlov yakunlariga ko‘ra ikki jamoaning ochkolari bir xil bo‘lib qolsa, "Razvedkachi so‘qmog‘i"da yaxshi natijaga erishgan jamoa g‘olib deb topiladi

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlari (Armi-2017)ning Novosibirskda bo‘lib o‘tgan eng murakkab bosqichi – "Razvedkachi so‘qmog‘i" musobaqasida uchinchi o‘rinni olishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

"Birinchi o‘rinni "Razvedkachi so‘qmog‘i"ni 38 daqiqa 47 soniyada bosib o‘tgan Rossiya jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rinni Xitoy (39 daqiqa 32 soniya) va uchinchi o‘rinni O‘zbekiston jamoasi (39 daqiqa 44 soniya) egalladi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Seremoniya otkritiya Armeyskix mejdunarodnix igr ArMI-2017 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ArMI-2017 reytingida beshinchi o‘rinda bormoqda

Tanlovning uch bosqichi natijalariga ko‘ra ham umumiy hisobda Xitoy va O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni oldi.

"Tanlovning dastlabki bosqichida mahalliy iqlim va o‘rmon xususiyatlariga moslashishda qiyinchiliklar bo‘ldi, biroq tezda moslasha oldik, jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarmoqdamiz. Ushbu jamoa mahalliy musobaqalarda birinchi o‘rinni egallagan, yaxshi tayyorgarlikka ega harbiy-mutaxassislardan tashkil topgan", — dedi O‘zbekiston jamoasi yetakchisi Shuhrat Ikromov.

"Razvedkachi so‘qmog‘i"da 22ta to‘siq bo‘lib, ular taxtali to‘siq, toshli to‘siq, suv to‘ldirilgan zovur, NATO to‘siqlari, shartli mina joylashtirilgan to‘siqlar kiradi. Bundan tashqari, razvedkachilar uy derazasi orqali granata uloqtirishadi, shartli dushmanning soqchisini pichoq otib "o‘ldirishadi", kutilmagan hujumlarni qaytarishadi.

Ushbu bosqich eng murakkab bosqich sanalib, butun tanlov yakunlariga ko‘ra ikki jamoaning ochkolari bir xil bo‘lib qolsa, "Razvedkachi so‘qmog‘i"da yaxshi natijaga erishgan jamoa g‘olib deb topiladi.

Yangiliklar lentasi
0