Hodisalar

Rossiya bojxonachilari Oʻzbekiston fuqarosining 7 kilo nosvoyini olib qoʻyishdi

© Podrobno.UZ / Izdeliye nasvay
Izdeliye nasvay - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Federatsiyasi bojxona qonunchiligi talablariga koʻra, RFga "nosvoy" olib kirishning ruxsat berilgan meʼyori 250 grammni tashkil etadi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Toshkent-Rostov-na-Donu xalqaro aviareysi bilan uchib kelgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻl yuki bojxona nazoratidan oʻtkazilganda unda yetti kilo nosvoy borligi aniqlandi. Bu haqda Federal bojxona xizmatining Janubiy bojxona boshqarmasi xabar qildi.

Sotrudniki Domodedovskoy tamojni izʼyali osobo krupnuyu  summu valyutы pri popыtke nezakonnogo vvoza - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Domodedovo aeroportida katta miqdordagi valyuta kontrabandasi aniqlandi

"Bojxona qonunchiligiga asosan 200 donadan ortiq sigaret yoki 50 dona sigara, shuningdek, 250 gr dan ortiq boʻlmagan tamaki yoki shunga oʻxshash mahsulotlarni bir jismoniy shaxsga moʻljallangan miqdorda 18 yoshga toʻlgan shaxs tomonidan olib kirish ruxsat etilgan", — dedi Rostov bojxona xizmati vakili Anna Pomazkova.

2017 yil boshidan Rostov-na-Donu aeroport bojxona postida nosvoyni meʼyordan ortiq olish kirish boʻyicha 164 ta holat aniqlangan va 328 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuritilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hududida nosvoyni tarqatish, ulgurji va chakana savdosi taqiqlangan. Lekin belgilangan meʼyorlarda olib kirish qonun bilan taqiqlanmagan. Rossiya Federatsiyasi bojxona qonunchiligi talablariga koʻra, RFga 250 gramm miqdorda nosvoy olib kirishga ruxsat etilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0