TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev joriy yil 7-avgustdagi qarorga asosan O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Shavkat Obidjanovich Tulyaganov tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tulyaganovga erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.