Jamiyat

Prezident hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qaror imzoladi

© Sputnik/Viktor Tolochko / Pismennыy nabor glavы gosudarstva
Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlinadi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi. Hujjatning toʻliq matni bilan prezident rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlinadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident hududlarda birorta ham muammoli masala qoldirmaslikka koʻrsatma berdi

Sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklanadi hamda vakolatlar beriladi.

Hujjatda sektorlar rahbarlari zimmasiga uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish yuklatilganligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, ular ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obʼyektlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼuldirlar.

Mobilnыy press-klub provedet vstrechi s naseleniyem v razlichnыx subʼyektax stranы - Sputnik Oʻzbekiston
Muammolarni muhokama qilish uchun Xalqaro press-klub viloyatlarga chiqdi

Sektorlar rahbarlari hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obʼyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subʼyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.

Bundan tashqari, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradilar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish bilan shugʻullanadilar.

Yangiliklar lentasi
0