Jamiyat

Oʻzbekistonda ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi jamoat fondi tashkil etildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fond Oʻzbekistonda madaniyat, sanʼat va jurnalistikani rivojlantirishga mablagʻlarni toʻplash va yoʻnaltirish, soha faxriylariga manzilli moddiy yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Ilhom" jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Qaror matni prezidentning rasmiy veb saytida joylashtirilgan.

Klyuchi ot kvartirы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ijodkorlar uchun imtiyozli kvartiralar ajratiladi

Hujjatga koʻra, Oʻzbekistonda madaniyat, sanʼat va jurnalistikani rivojlantirishga mablagʻlarni toʻplash va yoʻnaltirish, tegishli dastur hamda loyihalarni amalga oshirish, Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi taʼminoti va faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish, ularning aʼzolari boʻlgan soha faxriylariga manzilli moddiy yordam koʻrsatish Fondning asosiy vazifalari etib belgilandi.

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Fond hisob raqamiga xayriya asosida 7 milliard soʻm, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Oliy sudining Fondga noqonuniy yoʻl orqali olingan daromadlarni musodara etish hisobidan 13 milliard soʻm yoʻnaltiradi. Bundan tashqari, Fond byudjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali moliyalashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0