TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekistonda ijodkorlarni qiynab kelayotgan uy-joy muammosi hal qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Ijod ahlini qiynab kelayotgan muammolardan biri – bu uy-joy masalasi bilan bog‘liq. Mana shu dolzarb muammoni yechish uchun Toshkent va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida imtiyozli kredit asosida "Ijodkorlar uylari" barpo etilib, bu uylardan adiblar, rassomlar, aktor va rejissorlar, kompozitorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ommaviy axborot vositalarining faol vakillariga, shu jumladan, iste’dodli yosh ijodkorlarga kvartiralar ajratiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.