Jamiyat

Shimoliy vokzal hududidagi yoʻl oʻtkazgich 1 sentyabrgacha foydalanishga topshiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov /  / Mediabankka oʻtishStroitelstvo puteprovoda
Stroitelstvo puteprovoda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Koʻprikning mavjud eni 30, uzunligi 346 metr boʻlgan qismi rekonstruktsiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr boʻlgan qismi yangidan quriladi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Toshkentning Shimoliy vokzal hududida Kichik halqa yoʻli va Fargʻona yoʻli kesishuvidagi yangi yoʻl oʻtkazgich 1 sentyabrgacha foydalanishga topshiriladi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Toshkentda ыurilgan yangi koʻprik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi koʻprik ochdi

Bu haqda xalqaro press-klub yigʻilishida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" boshqaruv raisi oʻrinbosari Davron Dehqonov maʼlum qildi.

"Hozirda ish jadal surʼatlar bilan bormoqda, belgilangan jadvaldan ortda qolinayotgani yoʻq. Shu bois ushbu loyihani oʻz muddatida topshirishimizga umid qilamiz", – dedi Dehqonov.

Kichik halqa yoʻli orqali oʻtuvchi avtomobil yoʻl oʻtkazgich 2008 yilda demontaj qilingan edi. Koʻprikning mavjud eni 30, uzunligi 346 metr boʻlgan qismi rekonstruktsiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr boʻlgan qismi yangidan quriladi. Ikki tomonida piyodalar yoʻlakchalari quriladi.

Qayd etish joiz, davlat rahbari ushbu koʻprikni rekonstruktsiya qilish haqidagi qarorni fuqarolar prezidentning Xalq qabulxonasiga murojaat qilishganidan soʻng chiqargandi.

Yangiliklar lentasi
0