TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Rossiyaning eng yirik internet qidiruv portali boʻlgan Yandeks, MDH hududida eng yirik bank tarmogʻiga ega boʻlgan "Sberbank" bilan qoʻshma korxona tuzmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Yangi korxona Yandeksning tovar va mahsulotlarni onlayn sotishga moʻljallangan xizmati "Yandeks.Market" asosida tashkil qilinadi. Ikkala tomon ham yangi loyihaga 30 milliard rubldan sarmoya kiritishadi.
Yangi korxona elektron kommertsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan boʻladi. U yerda mahsulotni sotish va sotib olish, raqamli texnologiyali tovarlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan mahsulot va xizmatlar sotishni nazarda tutgan.
"Yandeks.Market" vakilining soʻzlariga koʻra, qoʻshma korxona boshqaruv logistikasi, xarid qilingan mahsulotni yetkizib berish logistikasini rivojlantirish borasida faol harakat qiladi.
Shuningdek, kompaniya vakili kelajakda "Yandeks.Market" boshqa mamlakatlar hududiga ekspansiya qilishi mumkinligini ham aytib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, ayni damda "Yandeks.Market" Rossiya va MDHning ayrim mamlakatlarida ishlamoqda.
"AQSH va Xitoy kabi mamlakatlarda elektron tijoratda yirik ishtirokchilar yaqqol koʻzga tashlanib turibdi. (Amazon, Alibaba) Rossiyada esa bunday kompaniya yoʻq. Yangi korxonaning maqsadi ana shunday kompanyaga aylanishdir", — dedi Sberbank vakili.
"Yandeks.Market" — Rossiya internet-savdo bozorida eng yirik ishtirokchilaridan biridir. 2016 yil yakunlariga koʻra, kompaniya oboroti 100 milliard rublni tashkil qildi. Har oy "Yandeks.Market" sahifalariga 20 milliondan ortiq odam kiradi. Bugungi kunda "Yandeks.Market"da 20 mingga yaqin internet magazinlar oʻz mahsulot va xizmatlarini taklif qilishmoqda.