O‘zbekistonda elektron tijorat qoidalari muhokamaga chiqarildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishXalqaro to‘lov tizimi bank kartalari
Xalqaro to‘lov tizimi bank kartalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Soliq qo‘mitasi va boshqa aloqador vazirliklar bir oy davomida ushbu qaror yuzasidan o‘z takli flarini bildirishlari kerak.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron savdo” haqidagi qonuni va Vazirlar mahkamasining “2016-2018 yillarda O‘zbekistonda elektron kommersiyani rivojlantirish” haqidagi qaroriga asosalanib Respublika Vazirlar Mahkamasi qo‘yidagi Elektron savdo qoidalarini muhokamaga chiqardi.

Davlat Soliq qo‘mitasi va boshqa aloqador vazirliklar bir oy davomida ushbu qaror yuzasidan o‘z takli flarini bildirishlari kerak. Qarorni nazorat qilish Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov zimmasiga  yuklatildi.  

Elektron savdo orqali, davlat tashkilotlari tomonidan tovar va xizmatlar sotib olish, ko‘chmas mulk yoki avtomobil sotib olishdan tashqari barcha tovar va xizmatlar sotilishi va sotib olinishi mumkin.

Muhakama qilinayotgan qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin. Qaror loyihasida elektron tijoratning asosiy qoidalari va tushunchalari belgilangan. 

Elektron savdo orqali tovar va xizmatlarni sotish uchun hech qanday ruxsatnoma olish kerak bo‘lmaydi. Tovarlarni o‘z shaxsiy avtomobili yordamida yetkizib berish ta’qiqlanmaydi. Alohida hisob-kitob yuritish talab qilinmaydi.

Elektron vositalar yordamida tuzilgan shartnoma, tomonlar tarafidan tuzilgan va muhrlangan yozma shartnomaga tenglashtiriladi.  

Elektron tijorat – axborot tizimlari yordamida tuzilgan shartnoma asosaida tovarlar sotib olish va xizmat ko‘rsatish.

Oferta – bir yoki bir necha kishiga mo‘ljallangan, barcha shartlari ochiq ko‘rsatilgan taklif. Uni e’lon qilgan shaxs (oferent) ko‘rsatilgan shartlarda istalgan odam bilan shartnoma tuzishga tayor ekanini bildiradi.

Aksept – ofertani, barcha shartlari bilan, qabul qilgan shaxsning javobi.   

Axborot texnologiyalari va Kommunikatsiyalar vazirligi elektron savdo bilan shug‘ullanadigan saytlar reyestrini tuzib chiqishi va uni doimo yangilab turishi kerak.

Oyning oxirigacha internet foydalanuvchilari ushbu bo‘lg‘usi qonun loyhasi borasida o‘z sharhlarini qoldirishlari mumkin.

Shu o‘rinda, oxirgi yillarda butun dunyoda internet orqali savdo-sotiq amalga oshirish jadal o‘sib borayotganini eslatib qo‘ymoqchimiz. Dunyoda o‘rtacha hisobda oxirgi 5-7 yil davomida internet tijorati hajmi yiliga o‘rtacha 20% o‘sdi.

Rossiyada elektron tijorat hajmi 2015-yilda 25% ga o‘sdi. Mamlakatning umumiy savdo-sotig‘ida internet tijorati ulushi 2,9 % ni tashkil qilmoqda. Buyuk Britaniyada esa ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yili — 15 % ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0