Jamiyat

Qoʻqon va Andijon shaharlari oʻrtasida elektropoyezd qatnay boshladi

© Foto : Elmurod Ermatov / Vokzal v Andijane
Vokzal v Andijane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Poyezd soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bagʻdod, Oltiariq tumani, Margʻilon shahri, Quva tumani va Asaka shahriga toʻxtab oʻtadi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. 8 avgustdan boshlab Qoʻqon, Margʻilon va Andijon shaharlari oʻrtasida elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar qilmoqda.

Passajirskiy poyezd Nasaf - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qarshi-Kitob yoʻnalishida tezyurar elektropoyezdlar yoʻlga qoʻyiladi

Ushbu yoʻnalishlar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 5 elektrichka modernizatsiya qilindi. Natijada vagonlarning ichki va tashqi koʻrinishi btukul oʻzgardi. Vagonlarga konditsioner, zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatildi. Xorijdan yana 10 elektropoyezd keltirish rejalashtirilgan. Har bir elektropoyezd 6 vagondan iborat.

Mutaxassislarning qayd etishicha, birinchi sinov muddatida qatnaydigan poyezdlar yengil avtomobilga nisbatan manzilga 40 daqiqa tezroq yetib boradi. Poyezd soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bagʻdod, Oltiariq tumani, Margʻilon shahri, Quva tumani va Asaka shahriga toʻxtab oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 22-23 iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Qoʻqon, Margʻilon va Andijon shaharlari oʻrtasida elektropoyezd qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0