Qarshi-Kitob yo‘nalishida tezurar elektropoyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

© AO UzjeldorpassPassajirskiy poyezd Nasaf
Passajirskiy poyezd Nasaf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Qarshi-Kitob" temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish" investitsion loyihasini yo‘lovchi poyezdlarining tezurar harakatini tashkil etish bilan amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qarorni imzoladi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qarshi-Kitob" temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish" investitsion loyihasini yo‘lovchi poyezdlarining tezurar harakatini tashkil etish bilan amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qarorni imzoladi.

Qarshi-Dexqonabod temir yo‘li elektrlashtirildi - Sputnik O‘zbekiston
Qarshi - Dehqonobod temir yo‘li elektrlashtirildi

Loyihaning taxminiy qiymati 58,87 mln dollarni tashkil etadi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘zining 18,58 mln dollar, "O‘zbekenergo" AJ 7,31 mln dollar sarmoya kiritadi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun 50 mlrd so‘m (taxminan 14,06 mln dollar) markazlashtirilgan sarmoyalar, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasining 18,92 mln dollarlik krediti yo‘naltiriladi.

Prezident investitsion loyihaning barcha ishtirokchilarini soliq va bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) 2019-yilning 1-yanvariga qadar ozod etdi.

Yangiliklar lentasi
0