TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Andijon viloyatining Marhamat va Jalaquduq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi veb saytida maʼlum qilindi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning qarori bilan Shuhratbek Husanovich Qamchiyev Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
Qamchiyev bu lavozimga Xursandbek Sultonovning oʻrniga kelgan.
Lavozimga tayinlanishdan oldin Shuhratbek Qamchiyev Jalaquduq tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, viloyat hokimi qarori bilan Sodiqjon Turdiyev Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Sodiqjon Turdiyev bu lavozimga tayinlanishdan oldin Oʻzbekiston Fermerlar kengashi raisi lavozimida ishlagan. U tuman hokimi sifatida faoliyat koʻrsatgan Shuhratbek Qamchiyev oʻrniga tayinlangan.