Toshkent yo‘llarida temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlanadi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishRemont dorojnogo polotna
Remont dorojnogo polotna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu muammo bo‘yicha poytaxt aholisi tomonidan prezident virtual qabulxonasiga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Toshkentda yaqin oylarda markaziy yo‘llarda o‘rnatilgan temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Oglayev ma’lum qildi. Podrobno.uz xabariga asosan.

Yo‘l ishlari belgisi - Sputnik O‘zbekiston
IIBB Mustaqillik shoh ko‘chasidagi temir panjaralar nega olib tashlanganini aytdi

Ilgariroq, Toshkent shahar YHXB Toshkent shahri Mustaqillik shohko‘chasidagi temir panjaralar nega olib tashlanayotgani yuzasidan izoh bergan edi.

Oglayevning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo bo‘yicha poytaxt aholisi tomonidan prezident virtual qabulxonasiga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Shuning uchun aholining murojaatlarini hisobga olgan holda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan panjaralarni demontaj qilish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Mashinada ketayotgan paytda ushbu temir panjara devorga o‘xshab ko‘rinadi. Panjaralar ortidan haydovchiga piyodalar ko‘rinmaydi. Buning natijasida ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga keladi. Shuningdek, temir panjaralar haydovchilarga chorrahalarda o‘tishda xalaqit qiladi", — dedi obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Bundan tashqari, Oglayevning so‘zlariga ko‘ra, demontaj ishlari kelgusi oylar davomida amalga oshiriladi. Lekin qaysi ko‘chalarda va qancha temir panjara demontaj qilishi noma’lum.

"Temir panjaralar hashar yo‘li bilan olib tashlanadi. Shundan so‘ng panjaralar tuman hokimiyatlariga beriladi. Ular o‘z navbatida turli budjet tashkilotlarga, jumladan bog‘chalar, shifoxonalar, maktablarga beriladi. Panjaralarning bir qismini suv kanallar bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda", — dedi Oglayev.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt markaziy yo‘llarida temir panjaralar 2015-yil yoz mavsumida, ya’ni ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish paytida o‘rnatilgan edi. O‘sha vaqtda bu panjaralar yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirish va shahar qiyofasini yaxshilash maqsadida o‘rnatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0