IIBB Mustaqillik shoh ko‘chasidagi temir panjaralar nega olib tashlanganini aytdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko"Yo‘l ishlari" belgisi
Yo‘l ishlari belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, temir panjaralarni olib tashlash birinchi navbatda piyodalarning xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkent shahar YHXB Toshkent shahri Mustaqillik shoh ko‘chasidagi temir panjaralar nega olib tashlanayotgani yuzasidan izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Toshkent shahar YHXB OAVlar bilan ishlash boshqarmasi inspektori, mayor Alisher Abduqodirov so‘zlariga ko‘ra, temir panjaralarni olib tashlash birinchi navbatda piyodalarning xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda.

FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari o‘quv mashqlari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi yo‘l tunnelida "Lacetti" mashinasi yonib ketdi
"Toshkent hokimiyati yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘lning xavfli joylarida, piyodalar harakatlanadigan joylarida temir  panjaralarni qisman olib tashlash bo‘yicha taklif berilgan edi. Bugungi kunda Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra Mustaqillik shoh ko‘chasida temir panjaralar demontaj qilindi, ya’ni Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur maydonigacha. Boshqa ko‘chalarda temir panjaralar demontaj qilinishi haqida hozirda bizda ma’lumot mavjud emas", — deb ta’kidladi Toshkent shahar YHXB xodimi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt markaziy yo‘llarida temir panjaralar 2015-yil yoz mavsumida, ya’ni ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish paytida o‘rnatilgan edi. O‘sha vaqtda bu panjaralar yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirish va shahar qiyofasini yaxshilash maqsadida o‘rnatilgan edi.

Lekin bir necha oydan so‘ng ushbu temir panjaralar piyodalar uchun jiddiy xavf tug‘dirishni boshladi. Masalan, xaydovchilar o‘rta tezlikda harakatlangan taqdirda ham temir panjara ortidan o‘tadigan piyodalar umuman ko‘rinmaydi. Piyodalar temir panjaradan o‘tib to‘g‘ri qarama-qarshi avtomashina harakatiga chiqib qoladi.

Bugun kunda poytaxtning ayrim markaziy ko‘chalarida temir panjaralar mavjud. Toshkent shahar hokimiyat tomonidan ushbu yo‘llarda ham temir panjaralarni olib tashlanadi degan umidamiz.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0